21:35 / 17.09.2016
5013

Devis Kubogi. Istomin hamda Do‘stov shveysariyalik tennischilarga mag‘lub bo‘ldi

Toshkent shahridagi Respublika Olimpiya zaxiralar tennis maktabi kortlarida O‘zbekiston hamda Shveytsariya terma jamoalari Devis kubogi pley-off bosqichida to‘qnash kelishdi. O‘zbekistonlik sportchilar Denis Istomin hamda Farrux Do‘stov juftlik bahslarida Adriyen Bossel va Yoxan Nikles bilan kortga chiqishdi.

Bahs shveysariyalik tennischilar foydasiga hal bo‘ldi: 6/4,6/2,7/6.

Hozirda shveysariyalik tennischilar 2:1 hisobida oldinda borishmoqda. Ertaga navbatdagi o‘yinlar o‘tkaziladi.

Mavzuga oid
Top