3-5 fevral kunlari Toşkentda tennis böyiça Özbekiston va AQŞ milliy jamoalari öyinlari ötkaziladi.
Milliy jamoalar norasmiy jahon çempionati hisoblangan Devis Kubogi saralaş bosqiçi doirasida özaro töqnaş keladi. Ğolib jamoa sentabr oyida ötadigan Devis Kubogining final bosqiçiga yöl oladi.
Uçraşuvning ilk kunida ikkita yakkalik bahsi, ikkinçi kuni esa bitta juftlik, uçinçi kunida ikkita yakkalik bahsi ötkaziladi.
Özbekiston milliy jamoasini mamlakatning ikkinçi raqamli raketkasi Denis Istomin sardor sifatida kortga boşlab tuşadi. Tarkibdan şuningdek, Sergey Fomin, Humoyun Sultonov va Sanjar Fayziyev ham joy olgan.
AQŞ milliy jamoasi safida Tommi Pol, Jyenson Bruksbi, Makdonald Makkenzi, Rajiv Ram va Ostin Krayçik kelişi kutilmoqda.
Taqqoslaş uçun, ATP reytingida Tommi Pol 32-, Bruksbi 48-, Makdonald 63-örindan joy olgan bölsa, Fomin 362-, Istomin 468-, Sultonov 489-, Fayziyev esa 1178-poğonani egallab turibdi.
Juftlik bahslarida iştirok etadigan Rajiv Ram juftliklar reytingida 3-, Krayçik esa 10-örinda qayd etilgan.











