08:15 / 18.09.2016
6772

Ukrainalik bokschi Usik WBO talqini bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

Ukrainalik bokschi Aleksandr Usik 90,7 kg gacha vazn toifasida WBO talqini bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi. Ukrainalik sportchi Polshaning Gdansk shahrida o‘tkazilgan jangda WBO chempionlik kamarining amaldagi egasi, polyak Kshishtof Glovatskini mag‘lub etdi. Usik jangni hakamlarning bir ovozlik qarori bilan yutdi.

Usikning bu jangi uning professional bokschilik faoliyatidagi 10-jangi bo‘ldi.

Mavzuga oid
Top