Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saul Alvares Kovalyovdan tortib olgan chempionlik unvonidan voz kechadi
Meksikalik bokschi Saul Alvares rossiyalik Sergey Kovalyovga qarshi jangdan keyin qo‘lga kiritgan WBO chempioni unvonidan voz kechadi. Bu haqda sportchining jamoasida ma'lum qilindi.
Avvalroq Kovalyov Las-Vegasda o‘tgan jangda Alvaresga 11-raundda nokaut bilan mag‘lub bo‘lib, unga yarim og‘ir vazn toifasidagi chempionlik kamarini boy bergandi.
Meksikalikning kamardan voz kechishiga uning yana o‘rta vaznga qaytishi sabab hisoblanadi.
Alvares ushbu jang uchun o‘rta vazndan ikkita toifa yuqoriroqqa – yarim og‘ir vazngacha sakrashiga to‘g‘ri kelgan.
Alvares rossiyalik ustidan g‘alabaga erishgach, o‘zi uchun 4-vazn toifasidagi chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi. Kovalyov esa jangdan keyin tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun shifoxonaga jo‘natilgan.
Hozirda 29 yoshli meksikalikning hisobida 53 ta g‘alaba, bitta mag‘lubiyat va ikkita durang natija bor.
Mavzuga oid
11:34 / 15.01.2021
Bektemir Meliqo‘ziyev va Sergey Kovalyov jangi bekor qilindi
13:10 / 03.11.2019
Kovalyov Alvaresga yutqazdi va chempionlik kamaridan mahrum bo‘ldi
23:54 / 05.05.2019
Saul Alvares o‘zida uchta chempionlik kamarini birlashtirdi
13:00 / 03.02.2019