16:17 / 20.09.2016
26083

«Afrosiyob» va «Nasaf» poyezdlarining Qarshi shahriga reyslari bekor qilindi

«Toshkent — Qarshi — Toshkent» yo‘nalishida qatnovchi «Nasaf» tezyurar poyezdi va «Afrosiyob» yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdining bir qator reyslari bekor qilindi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» kompaniyasi xabar bergan.

Xususan, «Toshkent — Qarshi — Toshkent» yo‘nalishida harakatlanuvchi «Nasaf» tezyurar poyezdi; shu yo‘nalishdagi «Afrosiyob» yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdning qatnovi 20, 21, 22, 27, 28, 29 sentabr, 4, 5, 6, 17, 18,19, 20, 24, 25, 26, 27, 31 oktabr va 1, 2, 3 noyabr kunlarida vaqtincha bekor qilinadi.

Ko‘rsatilgan sanalarda «Toshkent — Qarshi» yo‘nalishi bo‘yicha 2/1 sonli tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu poyezd soat 6:55da Toshkentdan yo‘lga chiqib, soat 11:18da Qarshiga yetib boradi. So‘ng, soat 16:48da Qarshidan yo‘lga chiqib, soat 21:16da Toshkentga yetib keladi.

Bu poyezdlar qatnovi «texnik sabablar» tufayli vaqtincha bekor qilingani qayd etilgan.

Top