Prezident Qarshida Ona va bola salomatligi tibbiyot markazi va markaziy qozonxonani borib ko‘rdi
Davlat rahbari markazdagi sharoit va qulayliklar bilan tanishdi. Shuningdek, mutasaddilarga qishga tayyorgarlik ishlarini sifatli bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Qarshi shahrida Respublika ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining hududiy filiali barpo etildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 24 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida ushbu muassasani borib ko‘rdi.
Qayd qilinishicha, qariyb to‘rt gektarlik hududda to‘rt qavatli zamonaviy binolar barpo etilgan. Barcha bo‘limlar eng so‘nggi rusumdagi ilg‘or texnika va uskunalar bilan jihozlangan. Bu yerda 200 o‘rinli viloyat perinatal markazi, 200 o‘rinli shahar tug‘ruqxonasi, 50 qatnovli skrining markazi va 50 qatnovli reproduktiv markaz yagona majmuada jamlangan.
Tug‘ish yoshidagi hamda homilador ayollarga tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi davrlarda bitta markazda ixtisoslashgan tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoni yaratilgan. Markaz ishga tushgach, bu yerda bir yarim ming nafar tibbiyot xodimi faoliyat olib boradi.
Davlat rahbari bu yerdagi sharoit va qulayliklar bilan tanishdi. Germaniya, Belarus va boshqa mamlakatlar bilan hamkorlik doirasida shifokorlarning malakasini oshirish, markazda profilaktika va davolashning ilg‘or uslublarini joriy etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Kelgusida markazda yiliga 8 ming nafardan ziyod patologik tug‘ruqlarni qabul qilish imkoni yaratiladi. Bu ko‘plab onalar hayotini saqlashda muhim.
Markaz 860 dan ortiq mahalla doyalari bilan muntazam aloqada bo‘ladi. Yagona elektron baza orqali viloyatning barcha hududlaridagi homiladorlar va tug‘ish yoshidagi ayollar qamrab olinadi. O‘n yettita markaziy ko‘p tarmoqli poliklinika tarkibidagi ayollar maslahatxonasi va o‘n sakkizta tug‘ruq majmuasi bilan aloqa o‘rnatiladi.
Shuningdek, prezident «Issiqlik manbai» davlat unitar korxonasining Qarshi shahrida yangi bunyod etilgan markaziy qozonxonasini borib ko‘rdi. Ushbu majmua 12 Gkal quvvatga ega. Bu yerga Turkiyadan keltirilgan 14 MVtli uchta qozon o‘rnatildi. Buning evaziga yiliga 1,7 million kub metr tabiiy gazni iqtisod qilish imkoniyati yaratildi.
Markaz qurilishi jarayonida hududga olti kilometr qoplamali quvur tortildi. Issiqlik tarmoqlari yopiq tizimga o‘tkazildi va yo‘qotishlardan himoya qilindi.
Ushbu majmuaning foydalanishga topshirilishi 38 ta ko‘p qavatli uydagi bir yarim mingdan ziyod xonadon hamda uchta ijtimoiy obektni issiq suv va issiqlik bilan ta’minlaydi.
Davlat rahbari mutasaddilarga qishga tayyorgarlik ishlarini sifatli bajarib, energiya va issiqlik ta’minoti barqaror qilish, energiya tejamkorlik madaniyatini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kipr parlamentida Roman Abramovichning firmasini tekshirish talab qilindi
Jahon | 22:37
-
Tanzila Norboyeva Parlamentlararo ittifoq bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston | 22:36
-
2 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:03
-
Rossiyada Ukraina bilan tinchlik muzokaralarini qo‘llab-quvvatlovchilar soni eng yuqori darajaga yetdi
Jahon | 21:57
Mavzuga oid

21:17
Shavkat Mirziyoyev Yevrokengash prezidenti bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi

18:52 / 01.04.2025
Shavkat Mirziyoyev: «Oldimizda mintaqamizni nafaqat barqaror, balki farovon qilish uchun tarixiy imkoniyat turibdi»

17:06 / 01.04.2025
Prezident Xitoy Kommunistik partiyasi vakillari bilan uchrashdi

00:20 / 01.04.2025