17:22 / 06.10.2016
10685

Xitoyda dunyodagi eng tez lift ishga tushirildi

Foto: © ECADI

Xitoyning Shanxay shahrida dunyodagi eng baland binolar orasidagi ikkinchi o‘rinda turuvchi osmono‘par inshoot barpo etilgan. Ammo, uning eng yuqori qavatlariga chiqish tezligi bo‘yicha uni bunday deyish noto‘g‘ri bo‘lur edi, deya xabar qilmoqda CNN telekanali. 

Balandligi 600 metrdan oshuvchi binoga Mitsubishi kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan lift o‘rnatilgan. U, soniyasiga 20,5 metr tezlikda harakatlana oladi. Ma'lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda, dunyoda ushbu tezlikda harakatlana oladigan lift hech bir osmono‘par binosiga o‘rnatilmagan. 

Ammo, Shanxay minorasi binosidagi lift tezligiga yaqin yana bir shunday moslama Xitoyning boshqa bir shahri Guanjoudagi binoga o‘rnatilgandi. Yaponiyaning yana bir kompaniyasi Hitachi shu yilning yozida shahardagi eng baland CTF osmono‘par binosiga eng tez liftni qo‘yganini e'lon qilgandi. Biroq, inkorni-inkor etish qoidasiga muvofiq, oradan unchalik ham ko‘p o‘tmay, soniyasiga 20 metr tezlikda harakat qiluvchi lift ikkinchi o‘ringa tushib qoldi. 
 

Top