Navoiy şahridagi köp qavatli uylarning birida mulkdor özi uçun lift örnatayotganlik holati Navoiy viloyati Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida hududiy nazorat qiliş inspeksiyasi tomonidan 29 yanvar kuni örganilgan. Bu haqda Quriliş vazirligi rasmiy munosabat berdi.

Ma’lum qilinişiça, örganişda Navoiy şahri Navoiy köçasidagi 30 D uyning 10-qavati (pentxaus)da joylaşgan 2 ta 46 va 47-xonadonlarni xarid qilgan mulkdor binoning taşqi yon fasad qismidan faqatgina özi foydalanişi uçun lift qurilmasi örnatayotganligi aniqlangan. Mulkdor inspeksiyaning lift qurilmasini örnatiş yuzasidan asoslantiruvçi hujjatlar böyiça söroviga tegişli taşkilotlar tomonidan imzolangan taklif loyihasini taqdim etgan.

Mulkdorga köp kvartirali uyning umumiy mulkidan foydalaniş qoidalari, bunda aholi oldiga qöyiladigan talablar tuşuntirilgan va özboşimçalik bilan qurilgan qurilmani bartaraf etiş böyiça tegişli tartibda majburiy körsatma berilgan. Şuningdek, holat yuzasidan 2024 yil 1 fevral kuni Navoiy şahar prokuraturasiga tegişli hujjatlar taqdim qilingan.

“Köp kvartirali uylarni boşqariş töğrisida”gi qonunga köra, köp kvartirali uydagi umumiy joylar, tayanç va tösiq konstruksiyalar, kvartiralar oraliğidagi ihotalangan (örama) pillapoyalar, zinapoyalar, liftlar, liftning şaxtalari hamda boşqa şaxtalar, dahlizlar, texnik qavatlar, yertölalar, çerdaklar va tomlar, uy içidagi muhandislik tarmoqlari hamda kommunikatsiyalari, joylarning taşqarisida yoki içida joylaşgan va bittadan ortiq joyga xizmat körsatadigan mexanik, elektr, sanitariya-texnika uskunalari va qurilmalari hamda boşqa uskuna va qurilmalar umumiy mol-mulkdir. Umumiy mol-mulk joylarning mulkdorlariga umumiy uluşli mulk huquqi asosida tegişli hisoblanadi”, deyiladi vazirlik munosabatida.

Oldinroq Navoiyda fuqaro «dom»ga özi uçun alohida lift örnatmoqçi bölayotgani xabar qilingandi.