19:02 / 09.10.2016
8376

Xitoyda VII asrdan buyon amal qilib kelingan tuz bahosiga doir qonun bekor qilindi

Foto: vistanews.ru

XXR hukumati taxminan VII asrdan buyon amalda bo‘lgan tuz narxini davlat tomonidan nazorat qilishdan voz kechish haqida qaror qabul qildi. XXRning Rivojlanish va islohot davlat qo‘mitasining xabariga asoslanib, RIA "Novosti" shu haqda ma'lum qildi. 

Bundan avval aprel oyida XXR Davlat Kengashi "Mamlakat tuz sanoatining  tarkibiy islohotlari loyihasi"ni nashr qilgandi, unda sohada mavjud monopoliya tizimini takomillashtirish, tuz ishlab chiqaruvchi korxonalarning bozorga mustaqil kirib borishiga imkon yaratish, ulgurji savdo mezonlarini belgilash zarurati haqida so‘z yuritilgan. 

"XXR Davlat kengashi tomonidan nashr qilingan loyihani amalga oshirish uchun bugun Xitoyning rivojlanish va islohotlar bo‘yicha davlat komissiyasi 2017 yilning 1 yanvaridan tuzning zavoddan chiquvchi bahosi, ulgurji va chakana narxlari belgilanishini erkinlashtirishga doir  qaror qabul qilingani to‘g‘risida xabar berdi", - deyiladi qo‘mita bergan ma'lumotda. 

Qo‘mita ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda Xitoyda tuz ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi 300 tacha korxona hamda 4 mingdan ortiq tuz distribyutorlari mavjud.

 

Top