Qonun bilan 20 ta qonunga özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda, ular fuqarolar va davlatning turli faoliyatiga oid.
Quyidagi holatlarda davlat organlari va boşqa taşkilotlar tomonidan murojaatlarni körib çiqilişi hamda davlat röyxatidan ötkaziş uçun tölanadigan davlat boji, yiğim va boşqa tölovlarni amalga oşirganlik haqida tölov hujjatlarini taqdim etilişi haqidagi talab bekor qilinmoqda:
- banklar, kredit byurolarini taşkil etişda;
- partiya, NNTlarni röyxatdan ötkazişda;
- advokatlik maqomini olişda;
- hakamlik sudlariga murojaat etişda;
- maxsus iqtisodiy zona iştirokçilari reyestriga kiritişda.
Jamğarib boriladigan pensiya tizimida 16 yoşga tölgan fuqarolarni hisobga qöyiş ularga identifikatsiyalovçi ID-kartalarni beriş bilan bir vaqtda amalga oşiriladi.
Jamğarib boriladigan pensiya tizimida 2021 yil 1 iyunga qadar hisobga qöyilmagan fuqarolarni hisobga qöyiş ularning yaşaş joyidagi Xalq banki filiali tomonidan JŞŞIRdan foydalanilgan holda amalga oşiriladi.
Röyxatga oluvçi organ tomonidan OAVni röyxatga oliş haqidagi arizasini körib çiqiş muddati qisqarmoqda (15 dan 10 kungaça).
Advokatga guvohnoma beriş muddati qisqarmoqda (2 iş kuni içida). Advokatlik tuzilmalarini röyxatdan ötkaziş davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oşiriladi. Şuningdek, ularni röyxatdan ötkazganlik uçun davlat boji miqdori kamaymoqda (BHMning 1 baravari).
Nodavlat arxiv faoliyatini amalga oşirişni boşlaş uçun “Özarxiv” agentligini xabardor etiş kifoya qiladi.













