19:02 / 22.10.2016
5124

Svetlana Kuznetsova Kreml kubogi g‘olibi bo‘ldi

Foto: RIA

Rossiyaning birinchi raqamli raketkasi Svetlana Kuznetsova tennis bo‘yicha Kreml kubogi final bahsida avstraliyalik Darya Gavrilovani 6:2, 6:1 hisobida mag‘lub etdi. U shu bilan WTA-Ayollar tennis uyushmasining 2016 yildagi Singapurda bo‘lib o‘tajak so‘nggi turniriga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan. 

«Bu yil men uchun omadli kelganini tushunib turgandim. Shu sababli, Singapur haqida o‘ylamaslikka harakat qildim. O‘yin oldidan birmuncha charchoq his qildim, ammo o‘zimni yig‘ib oldim. Bundan tashqari, finalgacha yetib kelishim xayolimga ham kelmagandi. Men shunchaki o‘yindan o‘yinga o‘tishga urindim. Dashani ham ajoyib turnir bilan tabriklayman. Barakalla, shunday davom et!», -degan Svetlana Kuznetsova tezkor intervyuda. 

Mavzuga oid
Top