07:55 / 25.10.2016
13359

YeI qaroridan so‘ng besh davlat Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirdi

Foto: EPA

Yevropa Ittifoqi qaroridan so‘ng besh davlat, jumladan Ukraina ham Rossiyaga qarshi jazo choralarini uzaytirishni ma'qulladi. Bu haqda YeI Kengashi sayti xabar qilmoqda

«YeI a'zoligiga nomzod mamlakatlar Chernogoriya va Albaniya, Erkin savdo Yevropa uyushmasi mamlakatlari Lixtenshteyn va Norvegiya, Yevropa iqtisodiy hududi a'zolari hamda Ukraina Kengash qarorini qo‘llab-quvvatlashdi», — deyiladi hujjatda. 

Shunday qilib, ushbu mamlakatlar YeI Kengashining joriy yil sentabr oyidagi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni 2017 yil 15 martigacha uzaytirish qaroriga qo‘shilgan.  Hujjatda qayd etilishicha, YeI bu qarorni olqishlashi ta'kidlanadi. 

Qayd etilishicha, YeIning oxirgi sammitida Rossiyaga nisbatan yangi jazo choralari qabul qilinmagan edi, Italiya bosh vaziri Matteo Rentsi bunga asosiy qarshilikni ko‘rsatgandi.


 

Mavzuga oid
Top