17:51 / 28.10.2016
6633

Atambayev: Muddatim poyonigacha Qirg‘izistonda bitta ham eski maktab qolmaydi

Foto: prezident.kg

Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atambayevning bayonotiga ko‘ra, uning muddati poyoniga yetguncha, mamlakatda bironta ham avariya holatidagi maktab qolmaydi. U Respublika Oliy o‘quv yurtlari talabalariga prezidentlik stipendiyalarini taqdim etish marosimida shunday fikrni bildirgan. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2016 yili respublika byudjyetining 24 foizi ta'lim sohasiga ajratilgan. 

«Dunyoning hech bir mamlakatida ta'lim sohasiga Qirg‘iz Respublikasidagi kabi mablag‘ ajratilmaydi. Hamma yerda ko‘pi bilan 4-5 foiz», - degan prezident.

Top