23:14 / 30.10.2016
6771
Klinton saylov kampaniyasi raisi senatorlarning biridan Tramp "AQShning tungi dahshati" deb atalgan maktublar olgan
Foto: © AP

Michigan shtatidan demokratchi senator Debbi Steybnau AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton saylov kampaniyasi raisi Jon Podestaga Donald Trampni AQSh prezidentligiga qanday bo‘lmasin qo‘ymaslik aytilgan maktub yozgan. Bu haqda WikiLeaks tomonidan Podesta maktublarining 23-qismi chop etilgandan keyin ma'lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.  
    
"Bu davlatimiz uchun dahshatli tush ssenariysidir. Bu odam AQSh prezidenti bo‘la olmaydi. Tramp qurolli kuchlar boshida? Bu sizni kechasi uxlamaslikka majbur qiladi", deb yozgan Steybnau.

Senator maktubini 2 mart kuni yozgan va uning mavzusini "prezident Tramp" deb belgilagan. Maktubda Steybnau Podestani Klintonda saylovlarda g‘alaba qilishga mablag‘lar yetishiga ishonch hosil qilishga chaqiradi, yo‘qsa butun mamlakatga Oq uyda Tramp bilan uyg‘onishga to‘g‘ri kelishi, buni esa hech kim istamasligini aytadi. 

 

Top