«Real» bosh murabbiyi Zaynidin Zidan 2016 yilgi «Oltin to‘p»ni Krishtianu Ronaldu olishiga shubha qilmayapti.
«Bunga shubha qilmay kelayotgandim va bugungi o‘yin bu boradagi bahslarni yopdi», - deydi Zidan «Atletiko»ga qarshi uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
«O‘yin boshidan biz kuchli raqibga qarshi yaxshi tashkillashtirilgan o‘yin namoyish eta oldik», deya qo‘shimcha qilgan u o‘yin haqida.
«Atletiko» va «Real» uchrashuvi 19 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi va «Real» 3:0 hisobi bilan g‘alaba qozondi. Derbidagi barcha gollar Ronaldu tomonidan urildi.
Ronaldu 2016 yilda jamoasi bilan YeChLda va Portugaliya bilan Yevropa chempionatida g‘olib bo‘lgan.