France Football naşri «Oltin töp», mavsumning eng yaxşi yoş öyinçisi va eng yaxşi darvozaboni sovrini uçun da’vogarlar nomini e’lon qildi.

Sovrinning sönggi yillardagi ikki sohibi Lionel Messi va Karim Benzema bu safar ham top-30likdan joy oldi. Argentinalik jahon çempioni «Oltin töp»ning 7 karra sohibi sifatida rekordçi sanaladi. U bu safar 8-marta ğolib böliş imkoniyatiga ega.

«Oltin töp»ning beş karra sohibi Kriştianu Ronaldu esa 2003 yildan keyin ilk marta «Oltin töp»ga da’vogarlar röyxatiga kiritilmadi. 38 yoşli hujumçi ötgan 20 yil davomida uşbu sovringa da’vogarlar qatoridan örin olib kelayotgandi. U 2023 yilning yanvar oyida «An-Nasr»ga ötib, 20 öyinda 20ta gol kiritgandi.

 

«Oltin töp»-2023ga da’vogar 30 futbolçi röyxati:

Yoşko Gvardiol («Mançester Siti»), Jamal Musiala («Bavariya»), Andre Onana («Mançester Yunayted»), Karim Benzema («Al-Ittihod»), Muhammad Saloh («Liverpul»), Bukayo Saka («Arsenal»), Kevin de Bryuyne («Mançester Siti»), Jud Bellingem («Real Madrid»), Randal Kolo-Muani («PSJ»), Bernardu Silva («Mançester Siti»), Xviça Kvaratsxeliya («Napoli»), Nikolo Barella («Inter»), Emiliano Martines («Aston Villa»), Rubeş Diaş («Mançester Siti»), Erling Holand («Mançester Siti»), Yassin Bunu («Al-Hilol»), Martin Edegor («Arsenal»), Xulian Alvares («Mançester Siti»), Ilkay Gundöğan («Mançester Siti»), Vinisius Junior («Real Madrid»), Rodri («Mançester Siti»), Antuan Grizmann («Atletiko»), Lionel Messi («Inter Mayami»), Lautaro Martines («Inter»), Robert Levandovski («Barselona»), Kim Min Çje («Bavariya»), Luka Modriç («Real»), Viktor Osimhen («Napoli»), Kilian Mbappe («PSJ»), Harri Keyn («Bavariya»).

France Football naşri mavsumning eng yaxşi darvozaboniga topşiriladigan Lev Yaşin sovrini uçun ham nomzodlarni e’lon qildi.

2023 yilgi sovrin uçun Tibo Kurtua («Real»), Yassin Bunu («Sevilya»), Mayk Menyan («Milan»), Mark-Andre ter Stegen («Barselona»), Ederson («Mançester Siti»), Andre Onana («Mançester Yunayted»), Aaron Remsdeyl («Arsenal»), Emiliano Martines («Aston Villa»), Dominik Livakoviç («Fenerbaxçe») va Bris Samba («Lans») da’vogarlar qatoriga kiritilgan.

Ötgan yil sovrin Tibo Kurtuaga topşirilgandi. Ğolib nomi 30 oktabr kuni Parijda «Oltin töp»ni topşiriş marosimida e’lon qilinadi.

Mavsumning eng yaxşi yoş öyinçisiga topşiriladigan Kopa Trophy sovrini uçun da’vogarlar röyxatidan esa 10 nafar futbolçi joy olgan.

Unga köra, 21 yoşgaça bölgan öyinçilar uçun topşiriladigan sovringa Jamal Musiala, Jud Bellinghem, Antoniu Silva, Gavi, Ele Vai, Rasmus Hoylund, Alexandro Balde, Pedri, Eduardu Kamavinga va Xavi Simons da’vogarlik qilmoqda.

Eslatib ötamiz, ötgan mavsum uşbu sovrin «Barselona» futbolçisi Gaviga topşirilgandi.