9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

19:28 / 24.11.2016 6721

«Real» «Barselona»ga qarshi o‘z yetakchilaridan birisiz o‘ynaydi

«Real» hujumchisi Garet Beyl «Barselona»ga qarshi bahsni jarohat tufayli o‘tkazib yuboradi.

AS xabariga ko‘ra, futbolchi YeChL doirasida «Sporting»ga qarshi o‘yindagi jiddiy jarohati tufayli o‘yingacha tiklana olmaydi.

Beylga kichik boldir suyagining to‘piq qismidan chiqishi natijasida paylari cho‘zilishi tashxisi qo‘yilgan. Uning qancha muddatga safdan chiqqani aniq emas.

«Real» va «Barselona» Ispaniya chempionatining 14-turida, 3 dekabr kuni uchrashadi.

Joriy mavsumda Beyl klub uchun 15 uchrashuvda maydonga tushgan va 7ta gol urib, 4ta golga hammualliflik qilgan.

Top