18:27 / 30.11.2016
6432

Mashhur kompaniyalardan birining aksiyalari rekord darajaga ko‘tarildi

Samsung Electronics’ning bozor kapitalizatsiyasi chorshanba kuni 9 milliard dollarga o‘sdi. Bu holat Janubiy Koreya texnologik gigantining aksiyalari rekord darajaga yetganidan darak beradi, deb yozadi Reuters. 

Avvalroq, kompaniya aksiyadorlarga kapitalni qaytarish va biznes tuzilmasini qayta ko‘rib chiqishni va'da qildi. Bu sarmoyadorlarning talabi bilan amalga oshmoqda. Amerikaning Elliott Management xej-jamg‘armasi bosimi ostida aksiyadorlarga 2016 va 2017 yillardagi erkin pul oqimining 50 foizi qaytarilib, 2016 yilgi dividendlar 36 foizga oshiriladi. 

Shuningdek, Samsung’ning ma'lum qilishicha, aksiyalarni qayta xarid qilish dasturi hajmi ham kengaytiriladi. Joriy yilda kompaniya 11,4 trln von (9,8 mlrd dollar) miqdoridagi aksiyalarni sotib oldi. Bu rekord daraja sanaladi. Bunday choralar Elliott taklifiga mos tushmasada, tahlilchi va sarmoyadorlarning aytishicha, Samsung to‘g‘ri yo‘nalishdan bormoqda. 
 

Mavzuga oid
Top