08:56 / 03.12.2016
3220
Tashqi ishlar vazirligida Rossiya parlamenti yuqori palatasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Anvar Ilyasov olgan surat

2016 yilning 2 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiya Federatsiyasi parlamenti Federatsiya Kengashi Raisi o‘rinbosari Ilyas Umaxanov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda

O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining taklifiga binoan mamlakatimizga tashrif buyurgan delegatsiya tarkibida senatorlar Vladimir Jabarov, Mixail Kozlov, Sergey Lisovskiy va Dmitriy Mezensev bor.

Rossiya delegatsiya a'zolari O‘zbekiston Prezidentining navbatdan tashqari saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida hududlarga tashrif buyurish to‘g‘risidagi rejalarini o‘rtoqlashdilar.

Muloqot davomida dolzarb O‘zbekiston-Rossiya kun tartibi nuqtainazaridan parlamentlararo aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari ham muhokama qilindi.

Uchrashuvda Rossiya Elchisi Vladimir Tyurdenev ishtirok etdi.


 

Top