O‘zbekiston prezidenti saylovlarida muddatdan avval ovoz bergan O‘zbekiston fuqarolari soni 117902 kishini tashkil qildi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati ma'lum qildi.
Muddatdan avval ovoz berish 9 kun mobaynida – 24 noyabrdan 2 dekabrgacha o‘tkazildi. Saylov 4 dekabrda o‘tkaziladi. Ro‘yxatdan o‘tgan saylovchilarning soni 21 mln kishini tashkil qilmoqda.