420 mingdan ziyod saylovchi muddatdan avval ovoz bergani ma'lum qilindi

Foto: Kun.uz
14–20 oktabr kunlari 421 618 nafar saylovchi O‘zbekiston prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz bergan, deb xabar bermoqda Markaziy saylov komissiyasi axborot xizmati.
Saylov kodeksining 57-moddasiga ko‘ra, saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega bo‘ladi. Shunga asosan saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchilar 14–20 oktabr kunlari davomida muddatidan oldin ovoz berish huquqidan foydalanishdi.
Muddatidan oldin ovoz bergan 421 618 nafar saylovchidan 301 094 nafari O‘zbekistondagi saylov uchastkalarida, 120 524 nafari esa chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalar huzurida tuzilgan saylov uchastkalarida ovoz berishgan.
Ichki ishlar vazirligi axborot xizmatining ma'lum qilishicha, muddatidan oldin ovoz berish jarayoni Saylov kodeksi va Markaziy saylov komissiyasining qarorlariga qat'iy tayangan holda amalga oshirilgan, saylov jarayonida jamoat xavfsizligi, muddatidan oldin ovoz bergan fuqarolarning osoyishtaligi to‘liq ta'minlangan. Muddatidan oldin ovoz berish Saylov kodeksida belgilanganidek saylovga uch kun qolganda yakunlangan.
2021 yil 23 oktyabr – O‘zbekiston prezidenti saylovi doirasida “sukunat kuni” hisoblanadi. Ya'ni shu sanada va saylov kuni saylov tashviqoti olib borish taqiqlanadi.
Prezident saylovi 2021 yil 24 oktyabrga belgilangan. Saylovda «Milliy tiklanish»dan partiya yetakchisi Alisher Qodirov, O‘zLiDePdan amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev, «Adolat» SDPdan partiya rahbari Bahrom Abduhalimov, Ekopartiyadan partiya raisi Narzullo Oblomurodov va XDPdan Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Maqsuda Vorisova O‘zbekiston prezidentligi uchun kurash olib borishadi.
MSK ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi saylovchilar soni qariyb 21,2 million kishini tashkil qiladi.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etiladi
O‘zbekiston | 19:29
-
Estoniya Rossiya bilan chegara yaqinida harbiy baza quradi
Jahon | 19:12
-
Shimoliy Kipr va turkiy birlik: ziddiyat emas, tadrijiylik
Jahon | 19:01
-
O‘zbekiston media bozori transformatsiyasi: Ledokol Group’ning 17 yillik faoliyati fonidagi tahlil
O‘zbekiston | 19:00
Mavzuga oid

01:46 / 13.02.2025
Gretsiyada yangi prezident saylandi

13:08 / 10.02.2025
Kosovodagi saylovlarda bosh vazir Kurtining hukmron partiyasi g‘alaba qozondi

21:57 / 07.02.2025
Ukrainada saylovlar o‘tkazilishi mumkinmi?

16:35 / 04.02.2025