21:25 / 09.12.2016
27989

Poroshenko Shavkat Mirziyoyevni Ukrainaga taklif qildi

O‘zbekistonning yangi saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga tabriklar kelishda davom etmoqda.

Jumladan Ukraina prezidenti Petro Poroshenko Shavkat Mirziyoyevni yangi rahbarlik lavozimi bilan qutlab, uni Kiyevga taklif qilgan.

"Muhtaram Shavkat Miromonovich! O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan samimiy tabrigimni qabul qilgaysiz. 

Ukraina O‘zbekistonning jahon hamjamiyatining xalqaro huquq prinsiplari va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomiga qat'iy amal qiladigan obro‘li a'zosi sifatida bundan buyon ham izchil rivojlanishiga ishonadi. 

Birgalikdagi sa'y-harakatlarimiz bilan o‘zaro manfaatli sheriklikning eng yaxshi an'analarini mustahkamlab, xalqlarimiz manfaati yo‘lida ikki tomonlama hamkorlik imkoniyatlarini to‘liq ishga solishga umid qilaman. 

Ukraina va O‘zbekiston o‘rtasidagi an'anaviy do‘stlik munosabatlarini yanada mustahkamlash maqsadida o‘zingiz uchun qulay vaqtda Ukrainaga tashrif buyurishingizni taklif qilaman. 

Hurmatli Shavkat Miromonovich, fursatdan foydalanib, Sizga mustahkam sog‘lik, davlat rahbari sifatidagi mas'uliyatli faoliyatingizga ulkan muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga tinchlik, farovonlik tilayman", deya Poroshenko so‘zlarini keltirgan O‘zA.

Mavzuga oid
Top