Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston yetakchisi va xalqiga ushbu mamlakat hududidagi keng miqyosli toshqinlar natijasida insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik izhor etdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 aprel kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlat rahbari qardosh Qozog‘iston yetakchisi va xalqiga ushbu mamlakat hududidagi keng miqyosli toshqinlar natijasida insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik izhor etdi.
Bunday tabiiy ofatlar keyingi paytlarda mintaqada kuzatilayotgan iqlimning salbiy o‘zgarishlari oqibati ekani qayd etildi.
Bu borada yaqin amaliy hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.
Prezidentlar yaqinda Xiva shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvdagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qildi.
Mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar va bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
21:18 / 19.05.2026
To‘qayev Qozog‘istonni Oltin O‘rda vorisi deb e’lon qildi
13:37 / 17.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi
13:20 / 15.05.2026
Turkistonda O‘zbekiston qurgan muhtasham masjid ochiladi
22:31 / 13.04.2026