14:21 / 10.12.2016
5310
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Hamburg shahrida qator uchrashuvlar o‘tkazdi

Avval xabar berganimizdek, Germaniyaning Hamburg shahrida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi ham qatnashdi. 

TIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, 2016 yilning 9 dekabr kuni YeXHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 23-majlisida ishtirok etish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Hamburg shahrida BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi (MOPDMM) rahbari Petko Draganov,

Yevropa Ittifoqining Markiziy Osiyo bo‘yicha Maxsus vakili Piter Burian

hamda Afg‘oniston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Hikmat Halil Karzay bilan uchrashdi.

Ikki tomonlama uchrashuvlarda hamkorlikning amaliy jihatlari hamda ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar muhokama qilingan.

 

Top