17:58 / 20.12.2016
7429

Tojikistonda yirik miqdordagi giyohvand moddalarning Rossiyaga yuborilishiga chek qo‘yildi

Foto: press-sentr AKN RT

Tojikiston giyohvand moddalarga qarshi kurash idoralari 200 kilogrammdan ortiq afg‘on gashishini musodara qilishdi. Narkotik moddalar partiyasi Rossiya Federatsiyasiga yuborish rejalashtirilgan, deb xabar qilmoqda news.tj sayti. 

Ko‘p bosqichli amaliyot chog‘ida giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh faoliyatiga ham barham berilgan. Ushbu guruh, Afg‘onistonda tayyorlangan og‘ularning Tojikiston orqali Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiyaga kontrabandasi bilan shug‘ullanib kelgan. 

Hozirda, amaliyot natijasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga, jinoiy guruhning boshqa a'zolarini aniqlash va ularni qo‘lga olish bo‘yicha zaruriy choralar ko‘rilmoqda. 

 

Mavzuga oid
Top