21:20 / 10.01.2017
65259

Oqsaroy qarorgohi Islom Karimov muzeyi sifatida faoliyat boshlashi kutilmoqda

O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov uchun xotira muzeyi Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohi hududida barpo etilmoqda. Bu haqda "Feysbuk" ijtimoiy tarmog‘idagi «Deti Karimova» nomli guruhda xabar qilingan.

Xabar qilinishicha, ochilish marosimi Islom Karimov tug‘ilgan kun - 30 yanvarda bo‘lib o‘tadi.

«Kun» manbalarining ma'lumotiga ko‘ra, qarorgoh hududida keyingi vaqtlarda faol ravishda ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Oqsaroyning muzeyga aylantirilishi haqida o‘tgan oyda ham xabarlar tarqatilgandi.

Mamlakatning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev esa Mustaqillik maydonidagi Senat binosining ikkinchi qavatida ishlaydi. U ayni vaqtda mehmonlarni shu yerda qabul qilmoqda.

2 yil ichida yangi prezident uchun yangi qarorgoh qurilishi mumkinligi haqida xabarlar mavjud. Ushbu qarorgoh qayerda barpo etilishi borasida xabarlar mavjud emas.

Oqsaroy 2004 yildan buyon marhum prezident Islom Karimovning asosiy ish joyi bo‘lib kelgandi. Prezident ushbu saroydan asosan chet ellik yuksak martabali mehmonlarni qabul qilishda foydalangan.

Yangi prezidentga yangi qarorgoh barpo etilishi mumkin

Top