BMT Xavfsizlik kengashi G‘arbiy Afrika davlatlari iqtisodiy hamjamiyatiga Gambiyada prezident vakolatlari topshirilishiga ishonch hosil qilish uchun barcha zaruriy choralarni ko‘rishga imkon beradigan, Senegal tomondan taqdim qilingan rezolyutsiya loyihasini qabul qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Xavfsizlik kengashining barcha 15 a'zosi bir ovozdan rezolyutsiyani qabul qildi.
Gambiyaning saylangan prezidenti Adam Barrou rasman lavozimini bajarishga kirishdi. Uning inauguratsiyasi Gambiyaning Senegaldagi elchixonasida bo‘lib o‘tdi.