Şu kunlarda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Xavfsizlik kengaşini isloh qiliş masalasini kötardi.
«Bugungi kunda insoniyat taqdirini beşta davlat çangaliga taşlab qöygan xalqaro tartib ortiq barqaror emasligi ma’lum bölmoqda. BMT Xavfsizlik kengaşi inklyuziv va umumqamrovli tuşunça bilan isloh qilinişi juda zarur», — degan Erdöğan.
Zamonaviy xalqaro tizim Ikkinçi jahon uruşi yakunlariga köra yaratilgan. Uning bugungi qirralari bu uruşda ğalaba qozongan davlatlar tomonidan belgilangan. Birinçi navbatda, SSSR, AQŞ, Buyuk Britaniya, Xitoy va Fransiya tomonidan. 1945 yilning 25 iyunida qabul qilingan Birlaşgan Millatlar Taşkiloti nizomida uruşdan keyingi jahon tartibi qoidalari mana şu beşlik manfaatlari yölida şakllantirilgan.
Bir tomondan, bu mantiqli va BMTni tuziş ğoyasi Ikkinçi jahon uruşi mobaynida antihitlerçilar koalitsiyasi davlatlari tomonidan ilgari surilgani bilan asoslanadi. Ularning öşa vaqtdagi boş maqsadlari Germaniya revanşizmi va Yaponiya imperializmini ortiq boş kötarişiga yöl qöymaslik bölgan.
Ikkinçi tomondan, bunday jahon tartibi boşqa köplab davlatlarga nisbatan adolatsizlik ekani oydinlaşmoqda, çunki dastlabki bosqiçda BMTga 50 ta davlat a’zo bölgan. Bugunga kelib boş xalqaro taşkilotga a’zo davlatlar soni 193 taga yetgan.
Hozirgi BMTning asosiy muammosi — Xavfsizlik kengaşiga a’zo beş davlat: AQŞ, Buyuk Britaniya, Xitoy, Fransiya va sovet ittifoqining huquqiy vorisi Rossiya ega bölib turgan veto huquqi. BMT Nizomida ta’sisçi davlatlarda bunday huquq belgilanmagan, biroq Nizomining 27-moddasi 3-bölimida protsedurali masalalardan taşqari barça masalalar böyiça qarorlar «kengaş barça doimiy a’zolarining ovozlari berilganidan söng» qabul qilingan deb hisoblanişi belgilab qöyilgan.
Boşqaça qilib aytganda, bu bir töxtam prinsipi beş davlatdan birining qarşi ovoz berişi yoki ovoz berişga ikkilanişi ham defakto unga veto qöyganidan darak beradi.
Zamonga mos kelmay qolgan bu tizimni isloh qiliş haqida ançadan buyon aytilib kelinayotgan edi. BMTning ayni damdagi Nizomi tuzilgan paytda hozirgi juda yirik va ta’sir doirasi keng hamda keyinçalik bu xalqaro taşkilotga a’zo bölgan davlatlar yöq edi.
Gap, masalan, Hindiston haqida bormoqda. U 1947 yilga kelib davlat mustaqilligiga ega bölgan. Bugun esa kosmik va yadroviy barqudrat davlat 1,4 mlrd aholiga ega.

















