18:56 / 20.01.2017
10060

Tramp o‘z soch turmagi haqida hazil qildi

Foto: Reuters

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp o‘z sochlari haqida hazil qildi. U inauguratsiya kunidagi yomg‘ir kishilarning yasama soch kiyib yurishi bilan bog‘liq barcha gumonlarni olib tashlaydi, degan fikrda. Bu haqda Daily Mail yozmoqda.

«Yomg‘ir yog‘ishi ham, yog‘masligi ham mumkin. Agarda bu ro‘y bersa, yaxshi bo‘lardi, chunki kishilar haqiqatan sochlarim borligiga guvoh bo‘lish imkonini qo‘lga kiritishadi», - deya ma'lum qildi Tramp Vashingtondagi kechki ovqat paytida.

Nashrning yozishicha, marosim tashkilotchilari kutilayotgan yomg‘ir sabab kichik yig‘iladigan soyabonlarni olib kirishga ruxsat berishgan.

Mavzuga oid
Top