Saylangan prezident Şavkat Mirziyoyev inauguratsiya marosimidagi nutqida saylovning ertasi kuniyoq belgilab olingan maqsadlarni amalga oşiriş böyiça qat’iy harakatlar boşlanganini aytib ötdi.

U vaqt, hayot kutib turmasligini ta’kidladi.

«Biz saylovning ertasi kuniyoq belgilab olingan ulkan maqsadlarni amalga oşiriş böyiça qat’iy harakatlarni boşladik. Çunki vaqt, hayot bizni kutib turmaydi. Davrning özi barçamizni tezkor bölişga, kerak bölsa, vaqtdan özib işlaşga undamoqda.

Kimki «Saylov ötdi – safarbarlik tugadi», deb  öylasa,  xato  qiladi. Haqiqiy safarbarlik endi boşlanadi. Çunki xalqimiz bizga işonib topşirgan katta-katta reja va dasturlarni özimiz bajarmasak, ayting, çetdan kim kelib bajarib beradi?

Kelgusi yetti yilga möljallab işlab çiqilgan strategik maqsadlarga erişiş uçun bizda barça kuç va imkoniyatlar bor.

Qudratli xalqimizga tayanib, aql-zakovatimiz, bilim va tajribamizni işga solib, islohotlarimiz sur’ati va samarasini yanada oşiramiz, heç qaçon susaytirmaymiz. Qançalik qiyin va maşaqqatli bölmasin, tanlagan yölimizdan ortga qaytmaymiz.

«Har bir kun – bu imkoniyat, har bir kun – bu kelajak poydevori» degan şior bugundan boşlab hayotimiz qoidasiga, har qaysi rahbarning, barça xalq noiblari, vazir va hokimlarning kundalik faoliyat dasturiga aylanişi şart», – dedi davlat rahbari.