O‘zbekistonda yaqin yillar davomida ikki fuqarolikni kiritish masalasi ko‘rib chiqilmaydi, deb xabar berdi Sputnik.
O‘zbekiston Adliya vaziri o‘rinbosari Nodir Jo‘rayevning so‘zlariga ko‘ra, ikki fuqarolik kiritilishi haqidagi ma'lumotlar — mish-mishdan boshqa narsa emas.
"Bu haqda gap bo‘lishi mumkin emas. Bizning davlatimizda bitta fuqarolik bor. O‘zbekistonda ikki fuqarolik masalasi muhokamaga kiritilgani haqidagi ma'lumotlar haqiqatdan yiroq. Bu shunchaki — mish-mish. Balki, xorijga chiqish pasportlari kiritilishi rejalashtirilayotgani bois, kimdir bu masalani o‘zicha talqin qilgan bo‘lishi mumkin", - deya ta'kidlab o‘tdi Jo‘rayev.
Ma'lumot uchun, Konstitutsiyaga ko‘ra, O‘zbekistonda butun respublika hududi uchun yagona fuqarolik o‘rnatiladi. U barcha uchun uni olish asoslaridan qat'iy nazar bir xil hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan shaxs tomonidan xorijiy davlat fuqaroligiga kirishi tan olinmaydi.