16:30 / 02.02.2017
8435

Erdo‘g‘an: “Turkiya jahon turizmi yetakchilaridan biri bo‘lishga harakat qilmoqda”

Turkiya dunyo turizmining eng yetakchi uch davlatidan biri bo‘lishga harakat qilmoqda, dedi mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mamlakat turizm sohasi vakillari bilan uchrashuvda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, turizm madaniyati asta-sekin Turkiyaning barcha hududlarini qamrab bormoqda. Davlat rahbarining ta'kidlashicha, Turkiyaga keladigan turistlar sonini 8 mln kishiga ko‘paytirish vazifasini qo‘ygan.

«Mamlakatda turizm madaniyati rivojlanmoqda. Fuqarolar turizm sohasida faollik ko‘rsatmoqda, bu esa odamni xursand qiladi. Bularning bari Turkiya turizmi kelajagiga katta umid beradi. Bu salohiyatdan foydalanishning yagona yo‘li – yangi strategiyalar, uslublar va kampaniyalarni rivojlantirish», - deya ta'kidlab o‘tdi prezident.

Prezident, shuningdek, Turkiyaga turistlarni jalb qilish bo‘yicha yangi kampaniya boshlanishi haqida ma'lum qildi. «Uning asosiy elementlariga xorijda yashovchi Turkiya fuqarolari aylanadi», - deya ta'kidlab o‘tdi Erdo‘g‘an.

Davlat rahbari xorijdagi hamyurtlarini muhim tadbirlar, xususan, to‘ylarni o‘z ona vatanlarida o‘tkazishga chaqirdi.

Davlat rahbari so‘zlariga ko‘ra, Turkiyaga kelgan turistlar soni so‘nggi 14 yilda yiliga 12-13 milliondan 40 million kishiga o‘sdi, turizm daromadlari esa – 12,5 milliarddan 31,5 milliard dollarga qadar oshdi.

Prezident, shuningdek, Turkiya transport infratuzilmasi rivojiga faol investitsiyalar masalasiga e'tibor qaratdi. Mamlakatda 55ta aeroport faoliyat yuritadi, Istanbulda esa yaqin orada uchinchi aeroport ham qurib bitkaziladi.

Erdo‘g‘an Turkiya hukumati turizmning turli, jumladan, sog‘lomlashtirish, termal, sport, diniy yo‘nalishlarni rivojlantirish uchun barcha imkoniyatdan foydalanayotganini ta'kidlab o‘tdi. 

Prezident Turkiya so‘nggi yillarda duch kelayotgan muammolar manbasi mamlakat tashqarisida ekanini ta'kidlab o‘tdi. «Global iqtisodiy inqirozning salbiy oqibatlari, xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar, gumanitar va siyosiy inqirozlar – Turkiyaga ta'sir ko‘rsatayotgan omillardir», - dedi Erdo‘g‘an.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya inqirozdan milliy iqtisodiyot foydasi uchun foydalanishga harakat qilmoqda.

«Biz qisqa muddat davomida turizmdan keladigan daromad 50 milliard dollarga yetishi uchun barcha ishni qilayapmiz, 2023 yilga qadar esa bu ko‘rsatkichni – 86 milliard dollargacha yetkazmoqchimiz», - deya ta'kidlab o‘tdi Erdo‘g‘an.

Top