18:57 / 06.02.2017
6106

Qozog‘iston Qirg‘izistonga yuzga yaqin nomdagi tovarlarni olib o‘tishga ruxsat berdi

Qozog‘iston o‘z hududi bo‘ylab olib o‘tilishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatini kengaytirdi. 1 yanvardan boshlab qo‘shimcha ravishda 86 nomdagi tovarlar kiritildi. Ushbu ma'lumot Qirg‘iziston hukumati tomonidan keltirildi.

Ma'lum bo‘lishicha, Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosaridan kelgan rasmiy maktubda tayyor sut, go‘sht va baliq mahsulotlarini Qirg‘izistondan Rossiyaga tranziti avvalgi tartibda amalga oshirilishi ta'kidlangan.

Qozog‘iston mahsulot aylanmasi hajmini oshirish maqsadida 40 guruhdagi qirg‘iz mahsulotlarini barcha turdagi transportda va 46 guruhdagi tovarlarni – yopilgan vagonlarda olib o‘tilishiga ruxsat berdi.

Qozog‘iston rasmiylari, shuningdek, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlariga tovarlar yetkazib berishga ruxsat berilgan Qozog‘iston korxonalari ro‘yxati kengayishini qo‘llab-quvvatlamoqda. Mamlakat qishloq xo‘jaligi vazirligi reyestrga kiritish uchun bunday kompaniyalar ro‘yxatini taqdim etadi.

Mavzuga oid
Top