15:13 / 18.02.2017
83292

O‘zbekiston eski avtomobillarni yo‘qotish dasturi bo‘yicha Rossiyaga boj to‘lashni istamayapti

O‘zbekiston Rossiyaning eski avtomashinalarni yo‘qotish dasturi doirasida ushbu mamlakatga olib kirilgan yoki ishlab chiqarilgan har bir avtomobil uchun boj to‘lashni xohlamayapti, deb yozadi «Kommersant'» nashri. Gazeta boj to‘lovi o‘rniga Toshkentning tashabbusi haqida so‘z yuritgan. O‘zbekiston tomoni, agar Moskva yo‘qotish dasturi bojini bekor qilsa, o‘z mashinalarini yo‘qotish uchun Rossiyada maxsus korxonasini ishga tushiradi. 

Mazkur g‘oya Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Toshkentda bo‘lib o‘tgan hukumatlararo komissiya yig‘ilishida muhokama qilingan, deb yozadi gazeta. Ta'kidlanishicha, tomonlar mazkur quvvatlarni barpo etish uchun hududlarni aniqlash ishlarini olib bormoqda. 

Shu bilan GM Uzbekistan AJ tomonidan ishlab chiqiladigan avtomobillarni himoya qilish rejalashtirilgan. Aytish joizki, qo‘shma korxona mashinalarining 90 foiz eksporti Rossiya bozoriga to‘g‘ri keladi. Ammo, korxonaning Rossiyadagi savdo ko‘rsatkichlari 2012 yildan buyon pasayib bormoqda. 2016 yilda jami 10 400 dona O‘zbekistonda ishlab chiqilgan avtomobil sotilgan. 

«VTB Kapital» tahlilchisi Vladimir Bespalovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston avtosanoati, asosan, Rossiya bozoriga diqqatini qaratgan. U byudjyet segmentida Rossiya avtomobillari bilan raqobat qiladi. Yangi usul qabul qilingudek bo‘lsa, bu RF ishlab chiqaruvchilari pozitsiyasini zaiflashtiradi. Bespalovning taxmin qilishicha, albatta bu masala, siyosiy kelishuvlar doirasida hal etiladi. Bundan tashqari, mabodo shunday kelishuvga erishilgan taqdirda ham u O‘zbekistonning yakka o‘ziga qo‘llaniladi. 

Top