21:01 / 21.02.2017
18598
Og‘riq qoldiruvchi yangi dori vositasi kashf qilindi

Olimlar og‘riqni xuddi opioidlardek bosuvchi, lekin ulardek o‘rganish keltirib chiqarmaydigan birikmani aniqlashdi. Ular ushbu kashfiyot haqida PNAS jurnaliga ma'lumot berishdi

Rg1A moddasi Conus regius - konussimon dengiz shilliqurtining zaharidan olingan. Ushbu modda opioidlardan farqli o‘laroq, asab impulsining sinapslar orqali uzatilishi uchun mas'ul nikotin atsetilxolin retseptorlarga ta'sir ko‘rsatadi. Shunday ekan, u og‘riqni bosmaydi, balki uning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. 

Hozircha mazkur vosita faqat jonivorlarda sinab ko‘rildi. U 72 soatga og‘riqdan xalos etishga qodir ekan. Ehtimol, u yig‘uvchi ta'sirga egadir. Olimlar bunga doir klinik sinovlarni davom ettirishmoqchi. 

Top