9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

22:16 / 10.03.2017 18813

Bugatti kompaniyasidan ilk sport yaxtasi

AQShning Palmer Johnson kemasozlik verfi Bugatti avtomobilsozlik kompaniyasi bilan birgalikda  Niniette 66 deb nomlangan sport yaxtasi yaratdi. Uzunligi 20 metrlik bo‘lgan yaxta Chiron giperkari uslubida yaratilgan va 44 uzel (80 km dan ko‘proq) tezlikkacha erisha oladi.

Yaxtani yaratish loyihasi 2015 yilda boshlangan. Qayiq 8 silindrli MAN dvigateli bilan jihozlangan. Bu yaxtadan keyin yana 15 va 24 metrlik yaxta qurish rejalashtirilgan. 

Yaxtaning bezalishida karbon, charm, alyuminiy, yog‘och va marmardan foydalanilgan. Unda jakuzi, bar, yotoqxona va mehmonlar hududi bor. 

Yaxta narxi aytilmagan. Bugatti Chiron giperkarining Yevropadagi narxi 2,4 mln yevrodan boshlanadi. Ayni vaqtda rejalashtirilgan 500 ta bunday avtomobildan 250 tasi sotilgan.

 

Teglar

Top