Bugatti giperkari qiruvchi samolyot bilan tezlikda bahslashdi (video)

Foto: Bugatti
Bugatti Chiron giperkarining maxsus versiyasi Fransiyaning Dassault «Rafale» Marine qiruvchi samolyoti bilan tezlik borasida musobaqalashdi. Giperkarning samolyot bilan «poygasi» videosi YouTube’da namoyish qilindi.
Bugatti Chiron’ning maxsus versiyasi Les Legendes du Ciel (Osmon afsonalari) 2020 yil noyabrda ilk bor namoyish qilingan. Ushbu mashina Bugatti’ning 1920-yillardagi taniqli poygachilari va shu bilan birga, professional uchuvchilar bo‘lgan shaxslarga bag‘ishlangan. Jumladan, Bugatti poygachilari — Albert Divo, Rober Benoyst va Bartolomeo Kostantini o‘z vaqtida Fransiya harbiy aviatsiyasida xizmat qilgan.
Bugatti Chiron 8 litrli 1500 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan. U 100 km/soat tezlikka 2,4 soniyada erisha oladi. Giperkarning maksimal tezligi xavfsizlik nuqtayi nazaridan 440 km/soat bilan cheklangan.
Dassault Rafale qiruvchi samolyotining dvigatellari 58550 nyuton tortish kuchini beradi. Bu qiymat 5727 ot kuchiga teng deganidir. Poyga tashkilotchilari giperkar va qiruvchi samolyot bahsini «7227 ot kuchidagi poyga» deb atashgan: giperkar va qiruvchi samolyot dvigatellari birgalikda aynan shuncha ot kuchini beradi.
Poyga Fransiya g‘arbida joylashgan harbiy-havo bazasining uchish-qo‘nish yo‘lagida uyushtirilgan. Bugatti Chiron’ni kompaniyaning sinovchi-haydovchisi Per-Anri Rafanel boshqargan.
«Poyga boshida men ‘Rafale’ni ortda qoldirdim, biroq 200 metrdan keyin u havoga ko‘tarilib, mendan o‘zib ketdi. Bu fantastik tomosha bo‘ldi», deb o‘z taassurotlari bilan bo‘lishgan Rafanel.
U xavfsizlik maqsadida 1,5 km masofa o‘tgach, 350 km/soatdan ortiq tezlikda giperkarni to‘xtatgan, qiruvchi samolyot esa shiddatli tezlikda «ufq tomon» uchib ketgan.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Portlovchi va zaharli moddalar aylanmasiga bo‘lgan talablar kuchaytirildi
O‘zbekiston | 14:47
-
Hafta oxirida harorat pasaya boshlaydi
O‘zbekiston | 14:41
-
Toshkent metrosining 13 ta bekatida kassa yopildi
Jamiyat | 14:31
-
Stolda pichoq, uning oldida mast odam, xodim telefon “titib” o‘tiribdi – Buxorodagi hodisada kim antiqahramon?
O‘zbekiston | 14:31
Mavzuga oid

20:43 / 29.04.2025
AQShning 60 mln dollarlik qiruvchi samolyoti Qizil dengizga cho‘kib ketdi

15:46 / 20.03.2025
Zelenskiy rossiyalik harbiylar Sumida F-16 qiruvchisini urib tushirgani haqidagi xabarni rad etdi

13:45 / 20.02.2025
Rossiyaning MiG-31 samolyotlari Ukrainaga hujum qilishni to‘xtatdi: bu nimani anglatishi mumkin?

21:58 / 01.01.2025