17:25 / 13.03.2017
4873
Shvartsenegger AQSh senatiga nomzodini ilgari surish borasida yakuniy qarorga keldi

Kaliforniya shtatining sobiq gubernatori va aktyor Arnold Shvartsenegger mamlakat senatiga o‘z nomzodini ilgari surishiga doir xabarlarni rad etdi. Bu haqda Politico gazetasi aktyorning Facebook sahifasiga asoslangan holda xabar qilmoqda

Kinoyulduz o‘z diqqatini siyosiy islohotlarga qaratadi. 

«Men ko‘pchilikning senatga saylanishimni so‘raganidan xursandman. Ammo, mening hozirgi vazifam Kaliforniyada o‘tkazganimizdek, mamlakatda ham saylov okruglarining chegarasini o‘zgartirish islohotini o‘tkazish orqali Vashingtonning aqlini kiritib qo‘yishdan iborat», — deb yozgan Shvartsenegger.

Respublikachilar, o‘z navbatida, sobiq gubernator vaqt o‘tib, 2018 yilda senator bo‘lishga qaror qilsa, u Kaliforniya shtatidan senator-demokrat Dayenn Faynstaynga raqib bo‘lishini aytishdi. Nashr manbasining so‘zlariga ko‘ra, Shvartsenegger AQSh prezidenti Donald Tramp yo‘lidan sezilarli farq qiluvchi rejani taklif etishi mumkin edi. 

Avvalroq, aynan Politico nashri Arnold Shvartseneggerning senator bo‘lish istagi xususida xabar bergan edi. 

Top