20:38 / 14.03.2017
8786
2016 yilda Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limiga qancha shikoyat kelib tushdi?
Illyustrativ surat

Toshkent shahar adliya boshqarmasining Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi 2003 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaroriga asosan tashkil etilgan bo‘lib, biroq qisqa muddat ichida bo‘lim tomonidan inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash sohasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.

Bo‘limning asosiy vazifalaridan biri davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va xalqaro shartnomalarida mustahkamlangan inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishdan iborat.

Shuningdek, 2016 yil davomida fuqarolardan bo‘limga jami 685 ta murojaat (ariza va shikoyatlar) kelib tushgan bo‘lib, shundan 223 ta yozma shikoyat, 49 ta yozma ariza, Prezident virtual qabulxonasidan 311 ta hamda “ishonch telefoni” orqali 102 ta murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlarni ko‘rib chiqishda bo‘lim tomonidan aniqlangan qonunbuzilish holatlari bartaraf etilgan va fuqarolarning buzilgan huquq va manfaatlarning tiklanishiga erishilgan. 

Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasida bo‘lim tomonidan 2016 yil davomida turli davlat tashkilotlariga jami 62 ta taqdimnoma, 64 ta ogohnoma, aybdor mansabdor shaxslarni ma'muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha jinoyat ishlari bo‘yicha turli tuman sudlariga 97 ta takliflar kiritildi. Shuningdek, fuqarolarning buzilgan huquq va manfaatlarini tiklash va yetkazilgan zararni undirish yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha turli tumanlararo sudlarga jami 81 ta 171.069.000 so‘mlik da'vo arizalar kiritilgan. 

Top