08:07 / 28.03.2017
8302
Quyoshda sayyora belgilari aniqlandi
Foto: NASA/SOHO

Amerikalik olimlar Quyoshda Rossbi to‘lqini deb ataluvchi holatni ro‘yxatga olishdi, u esa faqatgina Yerda kuzatiladi. Ilmiy izlanish natijalari Nature Astronomy jurnalida e'lon qilindi.

Yerda Rossbi to‘lqinlari okeanlar hamda atmosferaning mo‘'tadil kengliklarida uchraydi va ob-havoga kuchli ta'sir ko‘rsatadi. Bunday to‘lqinlarning o‘ziga xos jihati shundaki, ular sayyoramiz havo qatlamini harakatga keltiradi, Quyoshda esa quyosh atmosferasining mo‘'tadil kengliklarida magnit maydonining o‘zgarishiga olib keladi, bu esa fazoviy ob-havoning bir qadar tebranishiga sabab bo‘ladi.

Bunday ixtiro SDO (Solar Dynamics Observatory) va STEREO (Solar TErrestrial RElations Observatory) fazoviy qurilmalari yordamida qilindi, ular olimlarga Quyosh tizimining yagona yulduzini 360 darajali rakursda o‘rganish imkonini berdi. Avval bunday tadqiqotlarni amalga oshirish mumkin emasdi, sababi Yerdan Quyoshning faqatgina bir tarafi ko‘rinardi, xolos.

Yerda Rossbi to‘lqinlari 1930-yillarning oxirida iqlimshunos Karl Gustaf Arvid Rossbi tomonidan aniqlangan.

Top