Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Quyoshda so‘nggi 6 yil ichidagi eng kuchli chaqnash yuz berdi
U «kuchli chaqnash» sifatida baholandi. 16 dekabr kuni Yerda kuchli magnit bo‘ronlari kutilmoqda.

14 dekabr kuni Quyoshda X2,8 intensivlikdagi kuchli chaqnash sodir bo‘ldi, deb xabar berdi «Fobos» ob-havo markazi.
«Bizga eng yaqin yulduzda bunday intensivlikdagi chaqnash oxirgi marta 2017 yilda qayd etilgan», deyiladi xabarda.
NASA ham xuddi shunday intensivlikdagi kuchli chaqnash haqida yozdi.
Quyoshdagi chaqnashlar M1 dan X20 gacha bo‘lgan darajalarga tasniflanadi. M yoki X intensivlik sinfini, raqam esa chaqnash kuchini bildiradi. M1 — kichik chaqnash, M5 — o‘rtacha, X1–X10 kuchli, X20 ekstremal.
Quyoshdagi chaqnashlar odatda magnit bo‘ronlariga sabab bo‘ladi. Bu safargi chaqnash R3 (kuchli) darajasida baholangan. Bu past chastotali radioaloqadagi nosozliklarga olib kelishi, bu esa, o‘z navbatida, kemalar va samolyotlarning holatini aniqlashda xatolarga sabab bo‘lishi mumkin.
Navbatdagi magnit bo‘roni 16 dekabrda kutilmoqda, deb aniqlik kiritdi «Fobos».
Magnit bo‘ronlari surunkali kasalliklar va yurak-qon tomir tizimi kasalliklari bilan og‘rigan odamlarning ahvoliga salbiy ta’sir qiladi, past qon bosimi, anemiya, bronxial astma va eski jarohatlar bilan og‘rigan odamlar ham bezovtalikdan shikoyat qilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hilola Umarova PA rahbariga o‘rinbosar bo‘ldi
O‘zbekiston | 17:13
-
Faqat oylikka yashab, boy bo‘lish mumkinmi? Asosiy qadam – budjet yuritish
Jamiyat | 17:02
-
Afg‘oniston xalqaro miqyosda tan olinishi uchun barcha shartlarni bajarganini e’lon qildi
Jahon | 16:42
-
Kamerunning 92 yoshli prezidenti yana bir muddatga o‘z nomzodini qo‘yishga qaror qildi
Jahon | 16:18
Mavzuga oid

21:37 / 14.05.2025
Quyoshda 2025 yildagi eng kuchli chaqnash yuz berdi

01:36 / 23.03.2025
23 mart kuni magnit bo‘roni kuchayishi kutilmoqda

18:13 / 10.03.2025
Quyoshdagi uchta teshik tufayli Yerning geomagnit holati yomonlashdi

16:48 / 21.01.2025