12:41 / 29.03.2017
3737

TIVda Qirg‘iziston elchisi qabul qilindi

28 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Qirg‘iziston Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Daniyar Sidikov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, shu jumladan, turli darajalarda bo‘lajak O‘zbekiston-Qirg‘iziston uchrashuvlari bilan bog‘liq masalalar hamda MDHga a'zo mamlakatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining Toshkent shahridagi yig‘ilishida Qirg‘iziston delegatsiyasi ishtirokining amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Mavzuga oid
Top