"Dunyo" xabariga köra, rasmiy marosimdan söng bölib ötgan suhbat çoğida Özbekiston va Hindiston örtasidagi köp tomonlama hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi.
Oliy va yuqori darajalardagi muntazam uçraşuvlar va muloqotlar ikki davlatning köp qirrali va özaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlaşdagi kuçli siyosiy irodasi va qat’iyatini tasdiqlayotgani, strategik şeriklikni sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqiş imkoniyatini taqdim etayotgani ta’kidlandi.
Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni faollaştiriş uçun ulkan salohiyat va özaro intiliş mavjudligi qayd etildi.
Ikki tomonlama hamkorlikning zamonaviy holati yuqori baholanib, barça sohalarda özaro manfaatli aloqalar yanada rivojlanişiga işonç bildirildi.
Özbekistonning yangi elçisi Sardor Rustamboyev 2024 yil 25 yanvar kuni Dehliga yetib kelgan edi. Bungaça u mamlakatning Fransiyadagi diplomatik vakolatxonasiga rahbarlik qilgan.













