15:03 / 30.03.2017
3594

Xakerlar nemis bundestagi tarmog‘ini buzishga urinishdi

Foto: RIA "Novosti"

Noma'lum xakerlar nemis bundestag (federal kengash)i tarmog‘ini yana buzishga urinishdi. Ma'lum bo‘lishicha, kamida 10 deputat va barcha parlament fraksiyalarining kompyuterlariga hujum qilingan. Bu haqida Süddeutsche Zeitung xabar berdi.


Axborot texnikasi xavfsizligi bo‘yicha federal idora va Konstitutsiya muhofazasi bo‘yicha federal idora kiberataka bo‘yicha ma'lumotni tasdiqladi. Bundestagning AT bo‘limi hujumni bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi. Ayni damda Axborot texnikasi xavfsizligi "hujum xususiyatlari"ni tahlil qilishda davom etmoqda. Foydalanuvchilar ma'lumoti hujum qilingan kompyuterlarda o‘zgartirilgan. Idora mazkur mashinalarning qattiq diskini o‘rganib chiqmoqda.

Gazetada yozilishicha, hujum "Konstitutsiya muhofazasi bo‘yicha federal idora qoidalari" yordamida aniqlangan. Kompyuterdan "potensial buzuq veb-sayt"ga ulanishga urinish sodir etilgan. Bu Izroil yangiliklar sayti bo‘lgan. Bundestag deputatlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, gap "virus haqida emas, xakerlik hujumini qilishga urinish" to‘g‘risida bormoqda. 
 

Top