14:56 / 11.04.2017
8303

Putin AQSh davlat kotibi bilan ertaga uchrashishi mumkin

Foto: AP

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh davlat kotibi Reks Tillerson bilan chorshanba kuni, amerikalik siyosatchining Moskva shahriga tashrifi davomida uchrashadi. Bu haqda RBK o‘z manbalariga asosan xabar berdi.

Tillersonning tashrifi seshanba, 11 aprel kuni boshlanadi. AQSh davlati kotibi Moskvaga Italiyadan uchib keladi, u yerda seshanba kuni “yettilik” tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi yakunlanadi.

«Kommersant'» gazetasi manbalari ham Qo‘shma Shtatlar davlat kotibi Kremlda chorshanba kuni kunning ikkinchi yarmida qabul qilinishi mumkinligi haqida xabar berdi. 

Rossiya yetakchisi matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa 10 aprel kuni prezidentning ish jadvalida Tillerson bilan uchrashuv yo‘q ekani haqida aytib o‘tdi. Peskov 11 aprel kuni ham RBK bilan suhbatda, prezident Tillerson bilan chorshanba kuni uchrashmasligini xabar qilgan.

Putin Tillerson bilan uchrashishga tayyor ekanligi haqida mart oyi oxirida aytib o‘tgandi. «Agarda janob Tillerson kelsa – men u bilan bunga qadar ikki yoki uch marotaba uchrashgandim – albatta, biz terror bilan kurash masalasini ham muhokama qilishimiz ehtimolga yaqin», - degan Putin 30 mart kuni.

 

Mavzuga oid
Top