Katta Kreml saroyida Vladimir Putinning Rossiya prezidenti lavozimiga kirişişi marosimi ötkazildi. Bu Putin uçun 2000 yildan buyon beşinçi inauguratsiya marosimidir.

U davlat rahbari sifatida RF Konstitutsiyasiga qöl qöyib, «fuqarolarning huquq va erkinliklari»ni himoya qilişga va’da bergan holda qasamyod qildi.

Marosimga RF boş vaziri Mixail Mişustin, mudofaa vaziri Sergey Şoygu, Moskva meri Sergey Sobyanin, Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov va boşqa rossiyalik mulozimlar va regionlar rahbarlari taşrif buyurgan.

Şu bilan birga, Rossiyaga «nodöst» davlatlar, jumladan Buyuk Britaniya va Yevroittifoq mamlakatlari öz diplomatlarini marosimga yubormagan. RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ularning qarori Moskva tomonidan qandaydir çoralar körilişiga sabab bölmasligini aytgan.

Quyida uning marosimdagi çiqişining qisqaça mazmuni keltiriladi.

Men Rossiya fuqarolariga minnatdorçilik bildirmoqçiman, qahramonlarimiz — maxsus harbiy amaliyot iştirokçilariga ta’zim qilişni istayman. Prezident böliş — ulkan şaraf, majburiyat va muqaddas burç. Siz öz tanlovingiz bilan mamlakat töğri yönalişda ekanini tasdiqladingiz. Bu hozir, biz jiddiy sinovlar bilan töqnaşgan pallalarda ahamiyatga ega. Işonçim komilki, biz bu murakkab davrdan munosib ötamiz va yanada kuçli bölamiz — va köp asrlik oilaviy qadriyatlarni qöllab-quvvatlaş barçamizni birlaştirişda davom etadi.

Biz barça davlatlar bilan munosabatlarni mustahkamlaşga oçiqmiz. Biz Ğarb bilan muloqot qilişdan boş tortmaymiz. Tanlov ularda: Rossiyani tiyiş va agressiyani davom ettiriş — yoki hamkorlik yöllarini qidiriş. Muloqot — jumladan xavfsizlik masalalaridagi muloqotning imkoni bor. Ammo kuçlar pozitsiyasidan emas, teng asosda, heç qanday kalondimoğlik va takabburliksiz. Biz köp qutbli dunyo tartibotini şakllantiriş böyiça işlarni davom ettiramiz. Ming yillik tariximiz qarşisida javob beramiz. Bizning taraqqiyotimiz yanada dinamik va yanada kuçli böladi. Biz — yagona xalqmiz va birgalikda barça öylangan işlarni amalga oşiramiz, birgalikda — ğalaba qozonamiz.

Vladimir Putinning inauguratsiyasidan keyin Rossiya hukumati iste’foga çiqdi. Tegişli buyruq boş vazir Mixail Mişustin tomonidan imzolangan. Endi Putin Davlat dumasiga yangi boş vazir nomzodini taqdim etadi. Nomzod tasdiqlanadigan duma yiğilişi 10 mayga belgilangan.

Yangi boş vazir tasdiqlanmagunça avvalgi hukumatning butun tarkibi öz vazifasini bajaruvçi sifatida işlaşda davom etadi. Duma tomonidan tasdiqlanganidan keyin bir hafta içida yangi boş vazir prezidentga yangi hukumat tuzilmasi böyiça takliflar kiritişi kerak.