“O‘zbekiston” sport majmuasida Boks bo‘yicha Osiyo chempionati chorak final bahslari davom etmoqda. Ayni vaqtda 60 kg vazn toifasidagi bokschilar yarim final yo‘llanmalari uchun kurashni yakunlashdi.
Ushbu vazn toifasida chorak final bahslari doirasida so‘nggi bo‘lib ringga indoneziyalik Papendang Farrand va o‘zbekistonlik Elnur Abduraimov chiqishdi.
Elnur Abduraimov ustunligida kechgan bahs 2 raunddayoq poyoniga yetdi. Elnur raqibini texnik nokautga uchratdi.