00:17 / 04.05.2017
5520

Yevropa ligasi. "Ayaks" "Lion" darvozasiga 4ta gol kiritdi

Yevropa ligasi yarim final birinchi uchrashuvida "Ayaks" o‘z uyida "Lion"ni yirik hisobda mag‘lub etdi. 

Mezbonlar 25-daqiqada Bertran Traorening goli evaziga hisobda oldinga chiqib olishdi. 34-daqiqada Kasper Dolberg oradagi farqni oshirdi.

Ikkinchi bo‘limning boshida Yunes hisobi yirik ko‘rinishga olib keldi. 66-daqiqada mehmonlar Matyo Valbuenaning goli bilan hisobni qisqartirgan bo‘lsa, oradan 5-daqiqa o‘tib Traore o‘yindagi ikkinchi golini kiritdi va hisobning yirik bo‘lishini ta'minladi. 

Ayaks – Lion 4:1
Gollar:
1:0 – 25 Traore, 2:0 – 34 Dolberg, 3:0 – 49 Yunes, 3:1 – 66 Valbuena, 4:1 – 71 Traore.
Ayaks – Onana, Tete, Sanches, de Ligt, Ridevald, Klassen, Shene (van de Bek, 71), Ziyesh, Traore, Dolberg (Neres, 88), Yunes (Klyuyvert, 79).
Lion – Antoni Lopesh, Jalle (Rafael, 69), Nkulu, Diakabi, Morel, Tuzar (Gezzal, 58), Gonalon, Korne (Lyakazett, 76), Tolisso, Valbuena, Fekir.
Ogohlantirishlar: de Ligt (30), Gonalon (41), Traore (62).

Mavzuga oid
Top