Chet el valyutasi bilan bog‘liq barcha moliyaviy operatsiyalar Markaziy bank hamda Moliya vazirligi tomonidan belgilab berilgan, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Shunday bo‘lsa-da, ayrim kimsalar valyutani noqonuniy ravishda olish yoki o‘tkazishga harakat qilishmoqda. Jumladan, fuqaro Q.Shirinov (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) D.Usmanov bilan valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda sotishga kelishib, xaridor S.Nosirovga 7 ming 900 AQSh dollarini 30 mln. 20 ming so‘mga sotayotgan vaqtda SVOJJDLQK departamentining Namangan shahar bo‘limi xodimlari tomonidan ushlandi.
Qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud hukmi bilan tegishli jazo tayinlandi.