Markaziy bank mart oyi uçun aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining inflyatsion kutilmalari böyiça ma’lumotlarni e’lon qildi.
Unga köra, aholining inflatsiya böyiça yillik kutilmalari 0,2 foiz bandga pasayib, 12,8 foizni taşkil qilgan.
Aholi kelgusida narxlar oşişiga quyidagi omillar ta’sir qiladi deb hisoblaydi:
- valuta kursi özgarişi (61 foiz);
- yoqilği va energiya narxlarining qimmatlaşişi (50 foiz);
- kommunal xizmatlarning qimmatlaşişi (42 foiz);
- transport xarajatlarining oşişi (29 foiz);

Mart oyida kelgusida narxlarga bosim ötkazişi mumkin bölgan asosiy omillar sifatida valuta kursining özgarişi hamda kommunal xizmatlar narxining oşişini qayd etgan respondentlar uluşi köpaygan bölsa, transport xarajatlarining oşişini omil sifatida belgilagan respondentlar uluşi kamaygan.
Tadbirkorlik sub’yektlarining inflyatsion kutilmalari
Mart oyi yakunlari böyiça kelgusi 12 oy uçun narxlar ösişiga oid respondent tadbirkorlik sub’yektlarining kutilmalari 12,2 foizni taşkil qilib, ötgan oyga nisbatan 0,5 foiz bandga pasaygan.
Biznes vakillari narxlar oşişiga quyidagi omillar ta’sir qiladi deb hisoblaydi:
- valuta kursining özgarişi (61 foiz);
- yoqilği va energiya resurslarining qimmatlaşişi (44 foiz);
- kommunal xizmatlarning qimmatlaşişi (38 foiz);
- transport xarajatlarining qimmatlaşişi (33 foiz).

Valuta kursi özgarişini narxlarga oşiruvçi bosim körsatişi mumkin bölgan asosiy omil sifatida qayd etgan tadbirkorlar uluşi oşgan bölsa, yoqilği va energiya resurslarining qimmatlaşişini inflatsiyaga asosiy sabab böladi deb belgilaganlar salmoği kamaygan.
Sörovnomada qatnaşganlar orasida eng yuqori inflyatsion kutilma axborot texnologiyalari (16,8 foiz) va quriliş (14 foiz) sohasida işlovçilarda kuzatilgan. Eng past kutilmani turizm sohasida faoliyat yurituvçilar belgilagan. Tadbirkorlik sub’yektlari orasida eng pessimistik kutilma madaniyat (15) sohasiga, eng optimistik kutilma esa turizm (10,8) sohasiga töğri kelgan.

Hududlar kesimida aholi inflyatsion kutilmalarining eng yuqori körsatkiçi Toşkent şahri (16,9 foiz) va Toşkent viloyatida (14,3 foiz) kuzatilgan bölsa, eng past körsatkiç Jizzax (9,9 foiz) va Qoraqalpoğistonda (10 foiz) qayd etilgan. Öz navbatida tadbirkorlarning kutilmalari Toşkent şahri (14,4 foiz) va Qaşqadaryo viloyatida (13,3 foiz) baland, Qoraqalpoğistonda (10,3 foiz) esa eng past bölgan.

Daromadlari 7 mln va undan yuqori bölgan aholining inflyatsion kutilmalari respublika böyiça örtaça darajadan yuqori şakllangan.













